<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><aka>Masihim bor meni</aka>
<title>Tomirimda urib turgan</title>
<lyrics>[V1]
 Tomirimda urib turgan jonim mening
 Hayotimda qaynab turgan bulogʻim bor
 Kalomidan bahra olar jonim mening
 Yuragimga nurin sochgan chirogʻim bor
 Xaloskorim, Najotkorim, Masihim bor

[V2]
 Yaylovlarga yetaklovchi choʻponim bor
 Yiqilganda suyanguvchi togʻim mening
 Ota Xudo vaʼda bergan jannatim bor
 Bahor kabi gullab turgan bogʻim mening
 Xaloskorim, Qutqaruvchim, Masihim bor

[V3]
 Oxiratda Oʻzi kelib hukm etgay
 Bagʻri toshni jahannamga otguvchim bor
 Yetimlarning boshin silab erkalatgay
 Yigʻlaganlar koʻz yoshini artguvchim bor
 Gunohlardan qutqaruvchi Masihim bor mani
 Masihim bor, Masihim bor, Masihim bor
 Koʻz yoshlarim artguvchim Masihim bor
 Jannatga eltuvchi Masihim bor</lyrics>
</song>